Rossiya BMT sanksiyalariga qaramay Shimoliy Koreyaga neft yetkazib bermoqda. Bu haqda «Financial Times» xabar berdi.
Qayd etilishicha, to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berish 7-martdan boshlangan. Shu oyda Shimoliy Koreyaning kamida 5 ta tankeri Rossiyaning Uzoq Sharqidagi “Vostochniy” portidan neft mahsulotlari bilan chiqib ketgani sunʼiy yo‘ldosh tasvirlari bilan tasdiqlangan.
«Bu neft jo‘natmalari hozir qulash arafasida turgan sanksiyalar rejimiga to‘liq miqyosli hujumni ifodalaydi», – deydi KXDRga qarshi sanksiyalarni nazorat qiluvchi BMT guruhining sobiq koordinatori Xyu Griffits.
Eslatib o‘tamiz, 2017-yilda BMT Xavfsizlik Kengashi Pxenyanga neft yetkazib berishga qattiq cheklov kiritgan, Moskva bu qarorni qo‘llab-quvvatlagan. Tadqiqotchilarning hisob-kitoblariga ko‘ra, birgina mart oyida Rossiya Federatsiyasi Shimoliy Koreyaga 125 ming barrel neft mahsulotlarini yetkazib bergan, bu ruxsat etilgan yillik kvotaning chorak qismini tashkil etadi.
«Rossiya terminallarida biz ko’rgan kemalar Shimoliy Koreya flotidagi eng katta sig’imli kemalardir va kemalar doimiy ravishda portga kirib-chiqib yuribdi», dedi Rusi tadqiqotchisi Jozef Byorn.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!