O’zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha Belgiya elchisi etib tayinlangan (qarorgohi Ostona shahrida) Anri Vantigemdan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi. Bu haqda «Dunyo» AA xabar berdi.
«Belgiyaning O’zbekistondagi Elchisi etib tayinlangan Anri Vantigem janoblaridan ishonch yorliqlarini qabul qildik, — deb yozdi O’zbekiston TIV rahbari o’zining telegram-kanalida.
Shuningdek, tashqi ishlar vaziri ikki va ko’p tomonlama o’zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyorligini bildirgan.
«O’zbekiston va Belgiya kompaniyalarini yaqin aloqalarni o’rnatishga va ularni jadal rivojlantirishga chaqirib qolamiz. Biz janob Elchiga mamlakatimizdagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz», – deyiladi Sayidovning ijtimoiy tarmoq sahifasida.
Eslatib o’tamiz, Anri Vantimgem elchi Mark Mixelson (qarorgohi Moskva shahrida) o’rniga tayinlandi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!