Jahon

AQSh va Buyuk Britaniya bir hafta ichida Yamanga 13 ta hujum uyushtirdi

AQSh va Buyuk Britaniya bir hafta ichida Yamanga 13 ta hujum uyushtirdi

Yamanning Ansorulloh harakati AQSh va Britaniya kuchlari o‘tgan hafta davomida Yamanda 13 ta hujum uyushtirganini ma’lum qildi. Bu haqda Al-Masirah telekanali xabar berdi.

Qayd etilishicha, AQSh va Buyuk Britaniya oxirgi haftada Yamanga dengiz va havodan 13 ta hujum uyushtirgan. U hujumlarni «xuddi avvalgilari kabi muvaffaqiyatsiz» deb atadi.

Xusiylar yetakchisining qo‘shimcha qilishicha, hujumlar Yaman qurolli kuchlarining imkoniyatlarini cheklay olmaydi va Yamanning Falastin xalqini qo‘llab-quvvatlash qaroriga ta’sir qila olmaydi.

2023-yil 18-dekabrda Pentagon Qizil dengizda yuk tashish xavfsizligini taʼminlash maqsadida koʻp millatli Qoʻshma dengiz kuchlari homiyligida “Prosperity Guardian” operatsiyasi boshlanganini eʼlon qilgandi.

Xusiylarning hujumlari O’rta yer dengizi va Qizil dengizlarni bog’laydigan, Yevropa va Osiyo o’rtasidagi eng qisqa yo’lni taklif qiluvchi Suvaysh kanali orqali o’tishga tahdid solmoqda.

Jahon savdosining qariyb 12 foizi ushbu yo’nalish bo’ylab amalga oshiriladi. Qizil dengizdagi tijorat kemalariga qilingan hujumlar va kompaniyaning keyingi qarorlari jahon iqtisodiyoti yangi “ta’minot zanjiri inqirozi”ga duch kelishi mumkinligi haqidagi qo‘rquvni kuchaytirmoqda.