Jahon

Isroil Rafahga bostirib kirishni rejalashtirmoqda

Isroil Rafahga bostirib kirishni rejalashtirmoqda

Isroil 1,5 millionga yaqin falastinlik qochqinlar istiqomat qiladigan Rafah shahriga bostirib kirishga hozirlanmoqda.

Al-Jazira va Isroilning 12-kanalining xabar berishicha, Isroil bosqin boshlanishidan bir necha kun oldin qochqinlarni joylashtirish operatsiyasini boshlagan.

«Wall Street Journal» gazetasining yozishicha, Isroil Mudofaa vaziri va Amerikaning yuqori martabali mulozimlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Rafah operatsiyasini qanday to‘xtatish emas, balki “u davom etayotganda tinch aholini qanday himoya qilish” masalasi muhokama qilingan va tomonlar hozir bo‘lish zarurligi haqida kelishib olgan.