Jamiyat

Firibgarlikning yangi turidan ogoh bo‘ling!

Firibgarlikning yangi turidan ogoh bo‘ling!

So‘nggi kunlarda Toshkent shahri hududida noodatiy firibgarlik turi paydo bo’lmoqda. Bu haqda Toshkent shahar IIBB ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, fuqarolarga telefon orqali o‘zini “tergovchi” deb tanishtirib, ularga farzandi yo‘l-transport hodisasi sodir etganligini aytib, aldov yo‘li bilan pullarini o‘zlashtirganlik holatlar kuzatilmoqda.

Shu boisdan, nomaʼlum shaxslar qo‘ng‘iroq qilib, yaqin qarindoshlari avtohalokat yoki boshqa noxush hodisaga uchraganini aytib, aldov yo‘li bilan pul talab qilsa, ishonmaslikka va zudlik bilan yaqin atrofdagi ichki ishlar idorasiga yoki 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishlari so’ralgan.