Janubiy Koreya Qozog‘istonning CPC Blend neftini xarid qilishni to‘xtatdi. Bu haqda Standard & Poors nashri xabar berdi.
Unga ko’ra, mahalliy neftni qayta ishlash korxonalari Qizil dengizdagi husiylar hujumi fonida neftni xarid qilish logistikasini o‘ta qimmat va samarasiz deb hisobladi.
Janubiy Koreya CPC Blend’ning doimiy xaridori bo’lib kelgan, qayta ishlovchilar so’nggi o’n yil ichida oyiga o’rtacha 3-5 million barrelni iste’mol qiladigan, o’rtacha distillat hosildorligi yuqori bo’lgan yengil neftlarni afzal ko’radi.
Odatda, CPC Blend nefti Qora dengizdagi Novorossiysk portidan Suvaysh kanali orqali Janubiy Koreya portlariga yetkazilgan.
Fevral oyida Qizil dengiz bo’ylab logistika bilan bog’liq qiyinchiliklar tufayli hech qanday yuk yetkazib berilmadi va sug’urta mukofotlari tufayli yuk narxi oshib bormoqda. Janubiy Koreyaning eng yirik neftni qayta ishlash zavodlari manbalariga ko‘ra, 2023-yil oxiridan boshlab Janubiy Koreyaga mo‘ljallangan CPC Blend xom neft yuklari Suvaysh kanalini uzoqroq yo‘l orqali Yaxshi Umid burnigacha aylanib o‘tmoqda.
Janubiy Koreyaning neftni qayta ishlash kompaniyasi «SK Innovation» va uning transport sho’ba korxonasi «SK Shipping» Qozog’iston CPC Blend neftini yetkazib berish uchun logistika xarajatlari keskin oshganini bildirdi.
Seulda joylashgan Koreya neft assotsiatsiyasi tahlilchilarining fikricha, natijada neftni qayta ishlash zavodlari kelajakda CPC Blend xom neftini xarid qilishni sezilarli darajada kamaytiradi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!