Jahon

Tojikistonda teraktlar tayyorlashda gumon qilingan 15 kishi hibsga olindi

Tojikistonda teraktlar tayyorlashda gumon qilingan 15 kishi hibsga olindi

Tojikistonda teraktlar tayyorlashda gumon qilinib, 15 kishi qo‘lga olindi. Bu haqda Tojikiston xavfsizlik tuzilmalari bergan maʼlumotlarga asoslanib, mahalliy nashrlar xabar qildi.

Aniqlanishicha, Tojikiston razvedka xodimlari Dushanbe va Vaxdat shaharlarida 15 kishini qoʻlga olgan. Maʼlumotlarga ko’ra, bu shaxslar terror tashkiloti Daish bilan aloqador boʻlishi mumkin.

Shuningddek, tojik razvedkasi xodimlari rossiyalik hamkasblari bilan birgalikda teraktdan keyin qo‘lga olingan 4 nafar Tojikiston fuqarosining yaqinlarini so‘roq qilgan.

Taxminlarga ko’ra, 22-mart kuni, Krasnogorskdagi «Crocus City Hall»ga hujum sodir bo’lgan kuni ular respublika shaharlarida bir nechta teraktlar sodir etishni rejalashtirgan. Tergov hibsga olinganlarning «Crocus City Hall»dagi teraktda gumon qilinuvchilar bilan aloqasi bor-yo‘qligini tekshirmoqda.

Eslatib o’tamiz, avvalroq 22-mart kuni kechqurun Moskvadagi «Crocus City Hall» konsert zalida terakt uyushtirildi. Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan kadrlarda hujumchilar zalga avtomat qurollardan beixtiyor o‘t ochganini ko‘rish mumkin. Terakt qurbonlari soni, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 144 kishini tashkil qilgan.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin 11 kishi, jumladan, hujumni uyushtirgan to‘rt nafar terrorchi qo‘lga olinganini aytdi.

Moskvaning Basmanniy tuman sudi qarori bilan 9 nafar gumonlanuvchi hibsga olindi.