Jamiyat

AQShga ishlash uchun yuborishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi

AQShga ishlash uchun yuborishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boʻlimlari va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbirlar o’tkazildi.

Tadbir davomida Zafarobod tumanida yashovchi fuqaro A.Q. fuqaro B. B. ni tanishlari yordamida Amerika Qoʻshma Shtatlariga ishga yuborishi evaziga 20 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, Navoiy shahrida fuqaro S. T. fuqaro M. Sh. ni Meksika davlati orqali Amerika Qoʻshma Shtatlariga ishga yuborishi evaziga 14 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari o’tkazilmoqda.