Yangiliklar

Hafta davomida havo harorati +25 darajagacha koʻtarilishi kutilmoqda

Hafta davomida havo harorati +25 darajagacha koʻtarilishi kutilmoqda

2-3-aprel kunlari respublika hududiga Kaspiy dengizining janubiy hududlaridan nam havo kirib keladi. Bu haqda Oʻzgidromet xabar berdi.

2-aprelda Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida va kunning ikkinchi yarmida Samarqand, Jizzax viloyatlarida, 3-aprelda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Fargʻona vodiysi viloyatlarida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.

1-3-aprel kunlari havo harorati 15-20 daraja atrofida boʻladi. 4-5 aperlda Oʻzbekiston boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi, harorat 18-23 darajagacha, baʼzi joylarda 25 darajagacha koʻtariladi.

Kechalari harorat asosan 5-10 daraja boʻladi. Togʻli hududlarda 2-4-aprel kunlari vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, baland togʻlarda qor) boʻladi, qor koʻchishi xavfi saqlanib turadi.

Toshkentda 1-2 va 4-5-aprel kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi. 3-aprelda yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.

Harorat 1-3-aprelda 16-19 daraja, 4-5-aprelda 19-22 daraja boʻladi. Harorat asosan kechalari 5-10 daraja boʻladi.