Polsha Bosh vaziri Donald Tuskning aytishicha, xalqaro hamjamiyat haqiqatni tan olishi kerak: urushning yangi davri keldi. Yevropa 1945-yildan beri eng jiddiy inqirozga yuz tutmoqda.
«Biz Ikkinchi jahon urushi tugaganidan beri eng qiyin paytlarda yashayapmiz. Kelgusi ikki yil hammasini hal qiladi», dedi Tusk Polshaning «Wyborcza» nashriga bergan intervyusida.
Bu, ayniqsa, yosh avlod uchun halokatli bo‘lishi mumkinligini qo’shimcha qildi.
U Yevropa Ittifoqi va xususan, Polshaning asosiy vazifasi Ukrainani Rossiya bosqinidan himoya qilish, shuningdek, Ukraina mustaqilligini saqlab qolish ekanligini taʼkidladi. Shu bilan birga, u Kiyevdagi vaziyat hozir ikki yil avvalgi, ya’ni Rossiya bosqinining boshida bo‘lganidan ham og‘irroq ekanini aytdi.
Bosh vazirning aytishicha, Yevropa Qo’shma Shtatlar bilan mustahkam ittifoqqa muhtoj, lekin ayni paytda Yevropa Ittifoqi hamma narsada faqat Vashingtonga tayanmasligi kerak.
Yevropa Ittifoqi mudofaa masalalarida o’zini o’zi ta’minlashi kerak. Tuskning aytishicha, ayni paytda AQShning keyingi prezidenti kim bo’lishidan qat’i nazar, Amerika bilan munosabatlarni rivojlantirish muhim.
Chegaradagi fermerlarning noroziliklari va Ukraina g‘allasini Polshaga olib kirish taqiqlanishi yuzasidan Ukraina bilan kelishmovchiliklar haqida to’xtaldi.
«Polsha Bosh vaziri sifatida men mamlakat manfaatlarini himoya qilish uchun javobgarman. Biz (polyaklar) Ukrainaga imkon qadar yordam berishni xohlaymiz. Ammo Yevropa Kengashining yaqinda boʻlib oʻtgan sammitida men Ukraina bilan erkin savdo gʻoyasini qayta shakllantirish zarurligini taʼkidladim. Bu masalada Ukraina bilan adolatli kelishuvga erishmoqchiman”, – deydi siyosatchi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!