Jahon

G’azoda yana bir jurnalist halok bo’ldi

G’azoda yana bir jurnalist halok bo’ldi

7-oktyabrdan beri G’azoda o’ldirilgan jurnalistlar soni ortdi.

Isroil armiyasining G’azo sektorida Shifa kasalxonasida uyushtirgan hujumida yana bir jurnalist halok bo’lgani aytilmoqda.

Hukumatning G’azodagi matbuot xizmatidan berilgan bayonotda, Isroil G’azoga hujumlarini boshlagan 7-oktyabrdan beri halok bo’lgan jurnalistlar sonining 138 nafarga yetgani bildirildi.

Xabarga ko’ra, Muhammad Abu Sahil ismli falastinlik jurnalist Isroilning Shifa kasalxonasiga uyushtirgan reyd paytida vafot etgan.

Kecha, 1-aprel kuni Isroil armiyasi G‘azo sektoridagi eng yirik tibbiyot majmuasi bo‘lgan Shifa kasalxonasi va uning atrofidan o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketganini e’lon qildi.

14 kun davom etgan hujumlar davomida Isroil armiyasi Shifa kasalxonasida 200 dan ortiq odamni o’ldirdi va 900 dan ortiq falastinlikni hibsga oldi.

Guvohlarning xabar berishicha, Isroil askarlari kasalxonani tark etishdan oldin barcha binolarni yoqib yuborishgan va uni butunlay yo‘q qilishgan. Ular shifoxonaning jarrohlik binosining pol va palatalarini butunlay buzib tashlashdi, asosiy qabulxona va tez tibbiy yordam bo‘limini yoqib yuborishdi, barcha tibbiy jihozlarni yo‘q qilishdi.

7-oktabrdan beri Isroilning G‘azo sektoriga hujumlari natijasida 32 845 falastinlik, jumladan 14 280 nafar bola va 9 340 nafar ayol halok bo‘ldi, 75 392 nafari yaralandi.