Jamiyat

Imtiyozli kredit evaziga xarid qilingan chorva mollari o‘zlashtirilgani ma’lum bo’ldi

Imtiyozli kredit evaziga xarid qilingan chorva mollari o‘zlashtirilgani ma’lum bo’ldi

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida imtiyozli kredit mablag‘lari evaziga xarid qilingan chorva mollarini o‘zlashtirgan fermer xo‘jaligi aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti xabar berdi.

Departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “A.N.” fermer xo‘jaligi masʼul shaxslari imtiyozli kredit mablag‘lari hisobiga xarid qilingan 175 bosh chorva mollarini naqd pulga sotib yuborib, jami 3,1 mlrd so‘mni  o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.