Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu tibbiy tekshiruv vaqtida umurtqa churrasi bo‘yicha operatsiya qilinishi sababli vaqtincha lavozimini tark etdi. Bu haqda kecha, 1-aprel kuni Bosh vazir devonxonasi ma’lum qildi.
Aytilishicha, operatsiya muvaffaqiyatli o‘tkazilgan. Ayni paytda u reabilitatsiya bo‘limiga o‘tkazilgan.
Ta’kidlash joizki, muolaja davomida uning vakolatlari vaqtinchalik Adliya vaziri va Bosh vazir o‘rinbosari Yariv Levinga o‘tadi.
Binyamin Netanyaxuning jarrohlik amaliyoti harbiy Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishidan so‘ng 31-mart kuni kechqurunga mo‘ljallangan edi. Operatsiya davomida Netanyaxu to‘liq narkoz ostida bo‘lishi aytilgan.
Shifokorlar Bosh vazirning operatsiyadan keyin qancha vaqt shifoxonada bo‘lishiga aniqlik kiritmagan. Netanyaxuning o‘zi operatsiyadan bir kun avval Vazirlar Mahkamasida qilgan chiqishida tez orada ishga qaytish niyatida ekanini aytgan.
Ma’lumot uchun, 2023-yilda ham Isroil Bosh vazirida yurak stimulyatori implantatsiyasi bo‘yicha jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!