Jahon

Tataristonga dron hujumi uyushtirildi. Qurbonlar bor

Tataristonga dron hujumi uyushtirildi. Qurbonlar bor

Rossiyaning Tatariston respublikasi hududiga bugun, 2-aprel kuni dron hujumi uyushtirildi. Bu haqda Tatariston rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Ukrainada urush boshlangandan beri Tataristonga birinchi marta hujum qilgan uchuvchisiz samolyotlar Yelabuga va Nijnekamskdagi korxonalarga zarba berishga uringan. Yelabugada iqtisodiy zona xodimlari hamda «Alabuga Politex» kolleji talabalari uchun 2022-yilda qurilgan hostellar kompleksiga zarba berilgan.

Tatariston raisi Rustam Minnixonov mahalliy aholini tashvishga berilmaslikka chaqirgan va bu jinoyatni sodir etganlar ataylab vahima ko‘tarishga urinayotganini aytgan.

“Jiddiy zarar yo‘q, korxonalarning texnologik jarayoni buzilmagan. Yelabugada, afsuski, binolarning vayron bo‘lishi oqibatida qurbonlar bor. Ularga barcha zarur yordam ko‘rsatilmoqda”, deydi Tatariston raisi.