Turkmanistonda Ramazon oyidagi «Qadr kechasi» munosabati bilan 356 nafar mahbus afv etildi. Bu haqda Prezident farmoni e’lon qilindi.
“Hurmatli Vazirlar Mahkamasi a’zolari, an’anaga ko‘ra, muqaddas «Qadr kechasi» arafasida jinoyat sodir etganligi uchun sudlangan, lekin qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan fuqarolarni afv etish tadbirlarini o‘tkazyapmiz. Ezgu an’anaga ko‘ra, 356 nafar mahkumni ushbu munosabat bilan afv etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladim”, dedi Berdimuhamedov Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishida.
Shuningdek, Davlat rahbari shahar va tuman hokimlariga afv etilgan fuqarolarni ishga joylashtirish choralarini ko‘rish bo‘yicha topshiriqlar bergan.
Berdimuhamedov tez orada qamoqxonani tark etuvchi fuqarolarga vijdonan mehnat qilib, mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlarda ishtirok etish, vatanga sidqidildan xizmat qilishni tilagan.
Ma’lumot uchun, Ramazon oyining «Qadr kechasi» odatda ro‘zaning 27-kuni (bu yil 5-apreldan 6-aprelga o‘tar kechasi) nishonlanadi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!