Armaniston ishg‘olidan ozod qilingan Ozarbayjon hududlarida yana to‘rt kishi mina qurboni bo‘ldi. Bu haqda Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligining X ijtimoiy tarmog‘ida aytildi.
2020-yildan beri Ozarbayjon hududlarida arman tomoni o‘rnatgan mina portlashlari oqibatida 350 kishi jabrlangan. Ular bir vaqtlar Armaniston tomonidan bosib olingan Ozarbayjon hududlarida arman tomonidan o‘rnatilgan mina portlashlari qurboni bo‘ldi.
“Bugun yana toʻrt kishi mina qurboni boʻldi. Armaniston minalangan hududlarining aniq xaritalarini taqdim etishdan bosh tortishi ichki ko‘chirilganlarning o‘z uylariga qaytishiga, shuningdek, Ozarbayjon hududlarida keng ko‘lamli ta’mirlash-tiklash ishlari olib borilishiga to‘sqinlik qilmoqda va tinchlikni saqlash jarayoniga putur yetkazmoqda. Ozarbayjondagi mina xavfini bartaraf etish uchun xalqaro hamjamiyat kuchlarini birlashtirishi kerak”, deyiladi TIV bayonotida.
Ushbu ma’lumotlarga ko’ra, kecha, 2-aprel kuni Terter tumanida mina portlashi oqibatida uch kishi jabrlangan.
Shuningdek, ANAMA xodimi, 1987-yilda tug‘ilgan Xayam Aliyev Agdam tumanining Sarijali qishlog‘ida mina tomonidan portlatilgan. Uning ahvoli qoniqarli deb baholanmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!