Isroilning G’azo sektoridagi havo hujumlarida yordam ko’rsatuvchi ko’ngillilar, jumladan uch Britaniya fuqarosi halok bo’lishi ortidan Isroilning Londondagi elchisi Tzipi Hotoveli Britaniya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi. Bu haqda «GOV.UK» ma’lum qildi.
“Hukumat Jahon Markaziy Oshxona (WCK)ning yetti nafar xodimi, jumladan, uch nafar Britaniya fuqarosining dahshatli o’ldirilishini so‘zsiz qoralaydi”, dedi Britaniya Tashqi ishlar vazirligining Taraqqiyot va Afrika Davlat vaziri Endryu Mitchell.
U Buyuk Britaniya Isroilga shaffof va tezkor tergov o’tkazish va natijalarini xalqaro hamjamiyatga hisobot berish talabini qo’yganini ta’kidladi.
Mitchellning aytishicha, Isroil zudlik bilan insonparvarlik yordamidan foydalanish imkoniyatini kengaytirish uchun samarali mexanizmni yaratishi kerak.
Eslatib o’tamiz, Isroil G‘azo sektorining Dayr al-Balah hududidagi hujumi oqibatida xalqaro yordam tashkilotining xorijlik xodimlari va bir falastinlik halok bo‘lgandi.
Xususan, World Central Kitchen (WCK) oziq-ovqat yordami tashkilotining to‘rt nafar xodimi halok bo‘lgani xabar qilingan.
G‘azo hukumati matbuot xizmati Isroil hujumi qurbonlari Avstraliya fuqarosi, uch Britaniya fuqarosi, Polsha fuqarosi va bir falastinlik ekanini ma’lum qilgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!