Jamiyat

Toshkentda terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish tadbirlari bo’lib o’tmoqda

Toshkentda terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish tadbirlari bo’lib o’tmoqda
Toshkent shahar IIBB va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda diniy ekstremizm va terrorizm bilan bog‘liq holatlarni oldini olish maqsadida qator tezkor tadbirlar olib borilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Kuni kecha Toshkent shahrida ekstremistik radikal guruhlarga qo‘shilgan fuqarolarning xonadonlarida 45 ta tintuv tergov harakatlari o‘tkazilgan. Gumondor shaxslar qo‘lga olinmoqda.

Xususan, joriy yilning 3 oyi davomida diniy ekstremizm va terrorizm bilan bog‘liq holatlar yuzasidan 50 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, 188 ta huquqbuzarlik yuzasidan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, jami 264 nafar shaxslarga nisbatan qonuniy choralar ko‘rilgan.

Shuningdek, fuqarolar ijtimoiy tarmoqlar orqali turli radikal guruhlarga aʼzo bo‘lishdan saqlanish va ularning yot g‘oyalarini targ‘ib qilmaslik ogohlantirildi. Ota-onalarni farzandlarini nazorat qilish, ijtimoiy tarmoqlarda aʼzo bo‘layotgan guruhlari, ko’rayotgan video va boshqa materiallariga e’tiborli bo’lishga chaqirdi.

«Agar mahallangizda shu kabi yot g‘oyalar taʼsiriga tushgan yoki boshqa shubhali shaxslar haqida biror maʼlumotga ega bo‘lsangiz darhol 102 raqamiga yoki hududiy profilaktika inspektori yoxud yaqin oradagi IIB ga murojaat qilishingizni so‘raymiz», deyiladi xabarda.