Kecha, 8-aprel kunidan boshlab Buxoro viloyatining barcha hududlarida profilaktik tadbirlarga start berildi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati xabar qildi.
Ma’lum qilishicha, jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, aholini turli ko‘ngilsiz hodisalardan himoya qilish, huquq-tartibot organlarining favqulodda vaziyatlarda o‘zaro hamkorlikdagi harakatlarini muvofiqlashtirish maqsadida «Xavfsiz hudud» keng qamrovli tezkor hamda profilaktik tadbirlari harakatga keltirilgan.
Tadbirda asosan odamlar gavjum bo‘ladigan joylar, bozorlar, savdo komplekslari, istirohat bog‘lari va boshqa shu kabi jamoat joylarida xavfsizlik talablari kuchaytirilib, ayrim ob’ektlarda maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilgan.
«Shu o‘rinda fuqarolardan ortiqcha vahimaga berilmasliklarini, OAV vakillaridan esa asoslanmagan xabarlarni tarqatmasliklarini so‘rab qolamiz», deyiladi Axborot xizmati xabarida.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!