Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti axborot xizmati maʼlum qildi.
Namoz o‘qiladigan masjidlarda jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini taʼminlashga jami 12ming 374 nafar ichki ishlar organlari, 2ming 771 nafar Milliy gvardiya va 2ming 622 nafar Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari va harbiy xizmatchilari jalb etilgan.
Ularga xizmatda foydalanish uchun 7ming 352 ta aloqa va 2ming 433 ta avtotransport vositalari, 4ming 845 ta metallodetektor biriktirildi hamda 372 ta xizmat itlari ajratildi. Shuningdek, respublikadagi barcha YPX maskanlarining ish faoliyati kuchaytirililgan tartibga o‘tkazildi.
Hayit namozi uchun masjidlarga kirish joylarda beton yoki metal to‘siqlar o‘rnatilgan holda, masjidlardan 150 metr uzoqlikda alohida avtoturargohlar tashkil etildi.
Respublikamiz hududida 100 dan ortiq obeʼktlarda, bular bozorlar, yirik savdo va ko‘ngilochar dam olish majmualari hamda fuqarolar gavjum bo‘ladigan boshqa joylarda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash maqsadida taqsimotga asosan 1000 nafardan ortiq IIV va MGning hududiy bo‘linmalari shaxsiy tarkibi, shuningdek kinolog xodimlar 100 dan ortiq xizmat itlari bilan xizmatga jalb etilgan.
Majmualarda o‘rnatilgan barcha video-kuzatuv kameralari ichki ishlar organlarining situatsion markazlariga integratsiya qilinib, tunu-kun nazorat qilinmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!