Jinoyat

Namangan viloyati Chortoq tumani IIBdan fuqaroning o’ligi chiqdi

Namangan viloyati Chortoq tumani IIBdan fuqaroning o’ligi chiqdi
xr:d:DAGAtCs9D_s:545,j:3589793196860664360,t:24040904
Ijtimoiy tarmoqlarda “Chortoq ichki ishlaridan yana bir fuqaroning o‘ligi chiqdi” sarlavhasi ostida xabarlar tarqaldi.

Taqdim etilgan maʼlumotlarga ko‘ra, joriy yilning 7-aprel kuni soat 20:00larda marhumning turmush o‘rtog‘i erining uyga mast holatda kelib, janjal qilayotganligi haqida Chortoq tumani IIB profilaktika inspektoriga xabar qilgan.

Profilaktika inspektori murojaatni joyiga chiqib o‘rgangan va marhumni hushyorlantirish maqsadida Yangiqo‘rg‘on tumanida joylashgan markaziy shifoxonaga olib borgan. Profilaktika inspektori tegishli hujjatlar va dalolatnoma rasmiylashtirgan holda marhumni soat 21:58da hushyorxonaga topshirgan.

Marhum I.U 2024-yil 8-aprel kuniga o‘tar kechasi soat 00:45larda ushbu hushyorxonaning darchasidagi temir panjarasiga choyshabdan sirtmoq yasab, o‘zini o‘zi bo‘yin sohasidan osib, o‘z joniga qasd qilgan va voqea joyida vafot etgan

Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Namangan filiali Yangiqo‘rg‘on tumanlararo bo‘linmasining dastlabki maʼlumotnomasiga ko‘ra, U.I.ning o‘limi “bo‘yin sohasining siqilishidan kelib chiqadigan mexanik asfiksiya, o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligi” oqibatida sodir bo‘lgan. Uning tanasida “bo‘yin qismidagi strongulatsion egat”dan boshqa tan jarohatlari aniqlanmagan.

Hozirda holat yuzasidan prokuratura idoralari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.