Ozarbayjonning Xonkendi shahrida katta miqdorda qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar topildi. Bu haqda bugun, 9-aprel kuni Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Boshqarmaning qayd etishicha, 8-aprel kuni ichki ishlar xodimlari tomonidan olib borilgan chora-tadbirlar natijasida 7 dona avtomat, 1 dona pulemyot, 3 dona miltiq, 7 dona granata, 68 dona qisqich, 1840 dona turli kalibrli patron, 11 dona nayza, bir dona moslama aniqlangan.
Xonkendi shahri 2023-yil sentabrida mahalliy aksilterror tadbirlari davomida arman qurolli kuchlaridan ozod qilingan edi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!