DXX tomonidan o’tkazilgan tezkor tadbirda Yakkabogʻ tumanida yashovchi, 1996-y.t. shaxs “Banksef”, “Zanasef”, “Gansef” va “Gandsef” nomli jami 3 ming 767 dona dori vositalarini 54 mln. soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. U dori vositalarini mazkur tumanda yashovchi, 1996-y.t. fuqarodan olganligi aniqlanib, ushbu shaxs ham muqaddam sotgan dorilari uchun 26 mln. soʻm olgan vaqtida ushlandi.
Shuningdek, uning xonadoni tegishli hujjatlari boʻlmagan, umumiy bahosi 1 mlrd. 307 mln. soʻmlik jami 14 ming 909 dona dori vositalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi. Ma’lum bo’lishicha, ushbu dori vositalari – tibbiyotda qoʻllanilishiga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar davlat roʻyxatidan oʻtmagan.
Xovos tumanida yashovchi fuqaroning xonadoni koʻzdan kechirilganda, uning xonadonidan Xitoy davlatida ishlab chiqarilgan, tegishli hujjatlari boʻlmagan va sifati kafolatlanmagan, umumiy qiymati 593 mln. 142 ming soʻmlik 49.020 dona flakonda “Ampisul” nomli dori vositalari borligi aniqlangan hamda ularning egasi hisoblangan Bekobod shahrida yashovchi, 1990-y.t. shaxs qoʻlga olingan.
Shuningdek, tergovga qadar tekshiruv davomida, ushbu dori vositalarini Fargʻona viloyatida yashovchi, 1990 va 1994-yillarda tugʻilgan 2 nafar fuqaro Tojikistondan bojxona nazoratini chetlab oʻtib, olib kelganliklari aniqlanib, ular ham ushlandi.
Hozirda har ikki holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!