«Oʻzbekistonning Moskvadagi Elchixonasi 2024-yil 8-aprel kuni Samara viloyatida sodir boʻlgan baxtsiz hodisa natijasida halok boʻlgan fuqarolarning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.
Hodisa Samara viloyatidagi Ural-Muxanovo trassasida sodir boʻlgan. Chimkent-Nijniy Novgorod yoʻnalishi boʻylab harakatlanayotgan avtobus yoʻldan chiqib ketib, agʻdarilib ketgan. Hodisa vaqtida avtobusda 66 yoʻlovchi boʻlgan. Oqibatda ikki nafar Oʻzbekiston fuqarosi halok boʻldi, 20 ga yaqin kishi jarohat oldi va tibbiyot muassasalariga joylashtirildi», deyiladi xabarda.
Zarur yordam koʻrsatish maqsadida Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchisi va Qozon shahridagi Bosh konsullik xodimlari voqea joyiga yetib borishgan.
Bu borada diplomatlar Rossiya Federatsiyasining Samara viloyatidagi tegishli tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda. Vaziyat alohida nazorat ostida ekani maʼlum qilingan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!