Jamiyat

Toshkentda Hayit kuni avtobus va metro bir soat oldin ish boshlaydi

Toshkentda Hayit kuni avtobus va metro bir soat oldin ish boshlaydi
xr:d:DAGAtCs9D_s:532,j:3200231763629802405,t:24040813

Ramazon hayiti kuni Toshkent avtobuslari va metrosi soat 4:00 dan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, bayram kunlari avtobus yo‘nalishlarining faoliyati quyidagi tartibda tashkil etiladi:

  • 2024-yil 10-aprel, chorshanba – Ramazon hayiti kuni yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida. Yo‘nalishlarda ish boshlash vaqti soat 4:00 dan;
  • 11-aprel, payshanba va 12-aprel, juma – qo‘shimcha dam olish kunlari yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
  • 13-aprel, shanba – ish kuni ish kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
  • 14-aprel, yakshanba – dam olish kuni yakshanba uchun tasdiqlangan jadvallar asosida amalga oshiriladi.