Rossiya harbiylari so‘nggi haftalarda Ukrainadagi energetika infratuzilmasi ob’ektlariga hujumlarini kuchaytirdi. Bu haqda Financial Times nashri xabar berdi.
Gazetaning yozishicha, Rossiya o‘z taktikasini o‘zgartirib, nishon sifatida nisbatan kamroq himoyalangan hududlardagi elektr stansiyalarini tanlamoqda. Xususan, 22-29-mart kunlari Rossiya Kiyevning yaxshi himoyalangan hududidan tashqarida yettita issiqlik elektr stansiyasi va ikkita gidroelektrostantsiyaga hujum qilgan.
Ukrainaning DTEK energetika kompaniyasi bosh direktori Maksim Timchenkoning aytishicha, Rossiya hozirda qisqa muddatda qayta tiklanmaydigan elektr stansiyalariga zarba bermoqda.
«Ular yirik sanoat hududlari va shaharlarni elektr energiyasisiz qoldirishga harakat qilmoqda», – deydi «Okrnergo» aloqa bo’limi xodimi Mariya Tsaturyan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!