Ikki fuqaro tadbirkorga Asaka tumanidagi 4R-112 yo‘lining 4 km. qismini qurish loyihasini olib berishni va’da qilgan.
Ular bu хizmati uchun loyiha qiymatining 10% ini – 4,2 mlrd so‘m so‘ragan. Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ulardan biri so‘ralgan pul mablag‘i hisobidan 20 ming AQSh dollari olganda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168 va 28, 211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!