Jahon

O‘zbekiston elchisi Samaradagi YTHda jarohat olgan o‘zbeklarni borib ko‘rdi

O‘zbekiston elchisi Samaradagi YTHda jarohat olgan o‘zbeklarni borib ko‘rdi
xr:d:DAGAtCs9D_s:599,j:427140584276750069,t:24041109

O’zbekiston elchisi Samara viloyatida baxtsiz hodisa oqibatida jarohatlangan mamlakatimiz fuqarolariga ko’rsatilayotgan tibbiy yordam bilan tanishdi. Bu haqda «Dunyo» AA xabar berdi.

O’zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov Samara viloyati Sog’liqni saqlash vazirligi rahbari Armen Benyan bilan birgalikda hududdagi tibbiyot muassasalarida bo’lib, avtohalokatda jabrlangan mamlakatimiz fuqarolariga tibbiy yordam ko’rsatilishi holatini o’rgandi.

Samara viloyati Sog’liqni saqlash vazirligi mutasaddilari ta’kidlaganidek, barcha jarohatlanganlar hududdagi 4 ta kasalxonada zarur tibbiy muolajalar olmoqda.

Ta’kidlash joizki, 18 bemorning ahvoli o’rta og’ir, 2 nafari qoniqarli va yana 2 nafari o’ta og’ir deb baholanmoqda.

Eslatib o’tamiz, 2024-yil 8-aprelga o’tar kechasi Ural-Muxanovo trassasida Chimkent-Nijniy Novgorod yo’nalishi bo’ylab harakatlanayotgan avtobus ishtirokida YTH sodir bo’lgan edi.