Hodisa

Toshkentdagi bozorda yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkentdagi bozorda yong‘in sodir bo‘ldi
xr:d:DAGAtCs9D_s:592,j:7890731049194719442,t:24041105

Shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berishicha, kecha, 10-aprel kuni Toshkent shahar Yashnobod tumanida joylashgan bozorda yong‘in sodir bo‘ldi.

Qayd etilishicha, tumanning “Yangiqo‘rg‘on” MFY Tolariq ko‘chasida joylashgan savdo rastasida 30 kvadrat metr maydonda eski buyumlar yongan.

Toshkent shahar FVBga soat 22:55da yong‘in haqida xabar kelib tushgan. Shundan so‘ng, yong‘in qutqaruv bo‘linmalari soat 23:00da voqea joyiga yetib borgan. Yong‘in soat 23:07da qurshab olingan va soat 23:09da o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida halok bo‘lganlar va jarohat olganlar yo‘q, deyiladi xabarda.