Jahon

BMT: TRT jurnalistlariga qilingan hujum uchun tergov o’tkazilishi kerak

BMT: TRT jurnalistlariga qilingan hujum uchun tergov o’tkazilishi kerak
xr:d:DAGAtCs9D_s:634,j:6159097199024396975,t:24041305

Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Isroilning TRT televideniyesiga uyushtirgan hujumi G’azoda jurnalistlar duch kelayotgan xavf-xatarlarni ko’rsatganini bildirdi va voqea yuzasidan shaffof va ishonchli tergov o’tkazilishiga chaqirdi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti matbuot kotibi Stefan Dujarrik, Isroilning jurnalistlarga, jumladan TRT guruhiga hujumi munosabati bilan Anadolu agentligiga yozma bayonot berdi.

«Bu voqea jurnalistlarning G’azoda qanday xavf-xatarlarga duch kelayotganini yaqqol ko’rsatmoqda» dedi u.

Nusayrat qochqinlar lageriga uyushtirilgan hujum chog’ida Isroil armiyasi mintaqadagi voqealarni kuzatayotgan TRTning bir guruh jurnalistlariga hujum qildi.

Xabar qilinishicha, Isroil armiyasi hujum paytida TRT Arab operatori Sami Mohamed Shehadeh, CNN muxbiri Muhammad Hasan es-Savalihi va mustaqil jurnalist Ahmad Bekir al-Luhni yaralagan.