Jahon

Britaniya Ukrainaga «DragonFire lazer» qurolini yetkazib beradi

Britaniya Ukrainaga «DragonFire lazer» qurolini yetkazib beradi

Buyuk Britaniya armiyasi DragonFire lazer qurolidan 2027-yilgacha foydalanishni boshlaydi, biroq Ukrainaga bundan ham ertaroq yetkazib berilishi mumkin — The Telegraph

DragonFire Buyuk Britaniya tomonidan ishlab chiqilgan lazer quroli bo‘lib, dron va raketalarni urib tushirish imkoniyatiga ega qurol hisoblanadi.

«Hozir Yevropada qurolli nizo mavjud, bizda uni hal qilishda foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan noyob va zamonaviy qurollar bor. Ukrainaliklar bu qurollarni qabul qilishlari uchun ular 100% ideal bo‘lishi shart emas. Albatta, jarayonni tezlashtirish uchun nima qilishimiz mumkinligini ko‘rib chiqamiz», — deya bunga izoh berdi Buyuk Britaniya Mudofaa vaziri Grant Shepps.

Maʼlumotlarga ko‘ra, DragonFire‘ning bitta lazerli zarbasi narxi taxminan 10 funt sterlingni tashkil etadi, bu esa tutuvchi raketalarni uchirish narxidan ancha past.