O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi Isroil hududida bo‘lib turgan fuqarolardan shaxsiy xavfsizlikka tahdid solishi mumkin bo‘lgan holatlarni oldini olish uchun zaruratsiz yashab turgan joyini tark etmaslikni tavsiya qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Isroil Suriyadagi Eron elchixonasi yaqinidagi nishonga zarba berib, IIQK yuqori martabali qo‘mondonini o‘ldirganidan so‘ng Tehronning qasos olishi va Yaqin Sharqdagi mojaro avj olishi mumkin.
Bu haqda avvalroq, Bosh vazir Netanyaxu Isroil G’azodagi urushdan tashqari boshqa senariylarga ham tayyorlanayotgani haqida bayonot bergan.
«Kim bizga zarar etkazsa, biz ularga zarar beramiz. Biz Isroil davlatining barcha xavfsizlik ehtiyojlarini mudofaa va hujumda qondirishga tayyormiz», dedi u Tel Nof havo kuchlari bazasiga tashrifi ortidan o’z idorasi tomonidan e’lon qilingan izohlarda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!