Jahon

Tojikiston TIV rossiyalik huquq-tartibot xodimlaridan noroziligini bildirdi

Tojikiston TIV rossiyalik huquq-tartibot xodimlaridan noroziligini bildirdi
xr:d:DAGAtCs9D_s:632,j:3822854892951511452,t:24041305

Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muxriddin rossiyalik huquq-tartibot xodimlariga tojikistonlik terrorchilarga nisbatan qo‘pol muomalasi uchun tanbeh berdi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar berdi.

Krokusdagi teraktni tergov qilishda Rossiya huquq-tartibot idoralari xalqaro huquq normalari va tamoyillariga rioya qilishlari kerak, deya qayd etdi Tojikiston diplomatiyasi rahbari.

«Ochiq axborot maydonida terrorchilik harakatini sodir etganlikda gumon qilinayotgan shaxslarga nisbatan tan jarohat yetkazish tarzidagi qiynoqlar qo‘llangan holda hibsga olingani aks etgan tasvirlarning namoyish etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Shu tarzda olingan eʼtiroflarning narxi hammaga yaxshi maʼlum. Noto‘g‘ri o‘ylangan axborot kampaniyasi natijasida Tojikiston fuqarolari va tojikistonliklarga nisbatan salbiy fikr shakllanmoqda, buni esa qabul qilib bo‘lmaydi», deyiladi bayonotda.