O‘zbekiston

Bahrayn tashqi ishlar vaziri Abdullatif bin Rashid al-Zayani Toshkentga keldi

Bahrayn tashqi ishlar vaziri Abdullatif bin Rashid al-Zayani Toshkentga keldi
xr:d:DAGAtCs9D_s:679,j:7142008027375652952,t:24041505

O’zbekiston va Bahrayn TIV rahbarlari tomonlarning yaqin hamkorlikni davom ettirishga tayyorliklarini tasdiqladilar.
O’zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Bahrayn tashqi ishlar vaziri Abdullatif bin Rashid al-Zayani bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda «Dunyo» AA.

«Bahrayn tashqi ishlar vaziri Abdullatif bin Rashid al-Zayani janoblari bilan uchrashishdan mamnunmiz. O’zbekiston va Bahrayn o’rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni yuksaltirishga qaratilgan yaqin istiqbolga mo’ljallangan qator maqsadlarni belgilab oldik. Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashdik hamda yaqin hamkorlikni davom ettirishga o’zaro tayyorligimizni yana bir bor ta’kidladik», deb yozdi O’zbekiston TIV rahbari o’zining telegram kanalida.

Eslatib o’tamiz, bugun Toshkent shahrida «Markaziy Osiyo – Ko’rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi» Strategik muloqoti tashqi ishlar vazirlarining ikkinchi uchrashuvi bo’lib o’tadi.