O‘zbekiston

O‘zbekiston – Hindiston qo‘shma harbiy o’quv mashg‘ulotlari boshlandi

O‘zbekiston – Hindiston qo‘shma harbiy o’quv mashg‘ulotlari boshlandi
xr:d:DAGAtCs9D_s:697,j:7704958000978802508,t:24041510

Bugun O‘zbekiston va Hindiston Mudofaa vazirliklari bo‘linmalari o‘rtasida «Termiz» harbiy poligonida «Do‘stlik» qo‘shma harbiy o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi. Bu haqda «Dunyo» AA xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, bu ikki davlat o‘rtasidagi beshinchi harbiy mashg‘ulot hisoblanadi. 2019-yildan buyon shu paytgacha «Do‘stlik» mashg‘ulotlari har ikki davlatda ikki martadan o‘tkazilgan.

Qo‘shma tadbirda tomonlarning 60 nafardan harbiy xizmatchilari ishtirok etmoqda. Shuningdek, quruqlikdagi qo‘shinlar vakillariga harbiy havo kuchlari mutaxassislari ham qo‘shilgan.

Mashg‘ulotlarda harbiy bo‘linmalar o‘rtasida terrorizmga qarshi kurashish va boshqa operatsiyalarni amalga oshirishda muvofiqlashtirilgan harakatlar va jipslikni oshirishga asosiy e’tibor qaratiladi.

Aytish joizki, O‘zbekistonda tashkil etilayotgan hamkorlikdagi harbiy o‘quv mashg‘ulotlari Hindiston ommaviy axborot vositalarida keng yoritilmoqda.

Ikki davlat mudofaa idoralari o‘rtasidagi hamkorlik rejasiga muvofiq tashkil etilgan mashg‘ulotlar 28-aprelgacha davom etadi.