Jamiyat

Uzbekistan Airways 15-aprel kuni bo’ladigan Toshkent-Tel-Aviv reysini bekor qildi

Uzbekistan Airways 15-aprel kuni bo’ladigan Toshkent-Tel-Aviv reysini bekor qildi
xr:d:DAGAtCs9D_s:675,j:6114061408162832827,t:24041505

Uzbekistan Airways Yaqin Sharqdagi vaziyat tufayli 15-aprelga belgilangan Toshkent-Tel-Aviv-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha HY301/302 reysini bekor qildi.

Uzbekistan Airways 2024-yil 15-aprel kuni HY301/302 Toshkent – Tel-Aviv – Toshkent yo‘nalishidagi aviaqatnovlarini bekor qildi.

Qayd etilishicha, bu Yaqin Sharq mamlakatlarining bir qismi ustidan havo hududi yopilishi munosabati bilan, shuningdek, O‘zbekiston aviatsiya hukumatining parvozlar xavfsizligini ta’minlash zarurati bilan bog‘liq.

2024-yil 15-aprel kuni amalga oshirilishi rejalashtirilgan HY301/302 aviaqatnovi aviachiptalarini qayta bron qilish yoki pul mablag‘larini jarima undirilmagan holda qaytarish uchun yo‘lovchilardan Uzbekistan Airways Sales filialiga yoki aviakompaniyaning xorijdagi vakolatxonalariga murojaat qilish so‘ralgan.

Eslatib o’tamiz, 14-aprelga o‘tar kechasi Eron Isroilga yuzlab raketa va dronlarni uchirdi. Isroil mudofaa kuchlari ularning 99 foizi urib tushirilganini bildirdi. Hujumga javoban Isroil havo hududini vaqtincha yopdi. Dunyo aviakompaniyalari Eron va Iroq orqali o‘tadigan yo‘nalishlarni mintaqa mamlakatlariga o‘zgartirdi.