Jamiyat

Bosh prokuratura huzuridagi departament boshlig‘i lavozimidan olingan

Bosh prokuratura huzuridagi departament boshlig‘i lavozimidan olingan

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i Shamsiddin Sohibnazarov lavozimidan ozod etilgan. Bu haqda Kun.uz manbasi ma’lum qildi.

Shamsiddin Sohibnazarov 2023-yilning 17-oktyabr kuni prezident farmoniga asosan Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi krashish departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlangan. Bungacha u departamentning Toshkent shahar boshqarmasiga rahbarlik qilgan.

Sohibnazarovning ishdan olinish sabablari, keyingi faoliyati hamda uning o‘rnini kim egallashi haqida hozircha aniq ma’lumot yo‘q.

Adliya katta maslahatchisi Shamsiddin Sohibnazarov 2021-yilda davlat mustaqilligining o‘ttiz yilligi oldidan “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangan.