Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Respublikasi Aeronavtika Federatsiyasi raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputati, Sud-huquq va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha komissiyasi a’zosi, siyosatshunos va jamoatchilik faoli Nuriddin Zaynitdinov 13-aprel kuni huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olingani haqida xabar tarqalgan.
“Sukut saqlama” loyihasining ma’lum qilishicha, Zaynitdinov O‘zbekiston Respublikasi JKning 119-moddasi (Jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda gumonlanib, hibsga olingan.
«Jinoyat qurboni 14 yoshli o‘smir bo‘lib, uning ota-onasi jinoyat haqida ichki ishlar organlariga xabar bergan. Huquq-tartibot idoralarining tasdiqlashicha, deputatga ushbu modda bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan», deyiladi xabarda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!