Iqtisod

O‘zbekiston nefti Afg’onistondan ortga qaytarildi

O‘zbekiston nefti Afg’onistondan ortga qaytarildi

“Tolibon” standartlari departamenti Hayraton portidan ikki sisterna sifatsiz benzinni O‘zbekistonga qaytarib yubordi. Bu haqda muvaqqat hukumatning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida maʼlum qilindi.

Unga ko’ra, sifatsiz, sig‘imi taxminan 120 ming litr bo‘lgan neft mahsulotlarining Afg‘onistonga kirishiga to‘sqinlik qilingan va Hayraton porti orqali O‘zbekistonga qaytarilgan.

Bundan tashqari, Shayx Abu Nasar Farahiy portidan Eronning 19 sisterna past sifatli neft mahsulotlari ham qaytarilgan.