17-aprel kuni valyuta birjasida dollar kursi yana rekord darajaga yetdi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

Regulyator Amerika valyutasining rasmiy kursini 12694 so‘m etib belgiladi. Kun davomida kurs 23 so‘m 12 tiyinga oshdi.

Dollar kursi 15-aprel kuni 12 so‘m 43 tiyinga pasayib, 12654 so‘m, 8-aprel kuni 9 so‘m 20 tiyinga pasayib 12675 so‘mni, 9-aprelda esa 11 so‘m 65 tiyinga pasayib 12664 so‘mni tashkil etgandi.

Dollar kursi 4-aprel kuni 12680 so‘m,3-aprelda 12668 so‘m, 1-aprel kuni 12645 so‘m, 29-mart kuni 12628 so‘m, 28-mart kuni 12620 so‘m, 27-mart kuni 12600 so‘m, 20-mart kuni 12575 so‘m bo‘lgandi.

2023-yilning 10-avgust kuni Amerika valyutasi ilk bor 12 ming so‘m chegarasidan o‘tdi. Rasmiy kursning 400 so‘mga sakrashi 2018-yilda valyuta bozori liberallashganidan beri eng keskin ko‘tarilgan.