Eron Isroilning O‘zbekistonga jo‘natayotgan kimyoviy o‘g‘it mahsulotlarini musodara qildi.
Isroilda ishlab chiqarilgan kimyoviy o‘g‘it mahsulotlari O‘zbekistonga jo‘natish uchun Erondan tranzit orqali olib o‘tilayotgan paytda Eron bojxona xizmati tomonidan musodara qildi. Bu haqda bojxona xizmatiga tayanib, IRNA axborot agentligi maʼlum qildi.
“Isroilda ishlab chiqarilgan ushbu kimyoviy o‘g‘itlar partiyasi tarkibida kaliy nitrat bo‘lgan. O‘g‘itlar ortilgan yuk mashinasi Bandar Abbos bojxonasi orqali O‘zbekistonga olib o‘tilishi uchun deklaratsiya qilingan, biroq, bojxonachilar tomonidan to‘xtatib qolingan”, – deyiladi xabarda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!