Moskvadagi Tver tuman sudi “Crocus City Hall”dagi terakt ishida ayblanuvchini Rossiya va Tojikiston fuqarosini hibsga oldi. Bu haqda “Meduza” xabar berdi.
Bayonotda keltirilishicha, ayblanuvchi Ashurov Jinoyat kodeksining 322.2-moddasi bilan yashash joyi bo‘yicha soxta propiska qilishda ayblanmoqda.
Ashurov 22-mart kuni “Crocus City Hall”ga hujum qilgan terrorchilar aka-uka Dilovar va Aminxon Islomovlarni kvartira va mashina bilan ta’minlash, shuningdek, pullarini olib o‘tishda ayblanmoqda.
Sud xulosasida aytilishicha, Ashurov o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘lgan. Uning Tojikistonda yaqin qarindoshlari yashaydi, shuning uchun tergovchilar qochib ketishidan qo‘rqib, suddan uni hibsga olishni so‘ragan.
Ma’lumot uchun, soxta ro‘yxatga olish moddasi bo‘yicha maksimal jazo uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilishdir.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!