Hodisa

Toshkent shahrida 5 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Toshkent shahrida 5 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Kecha, 16-aprel kuni soat 23:30 lar atrofida Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida 5 ta avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, YTH soat 23:30 larda Shayxontohur tumani Furqat ko‘chasida Nexia-3, Nexia-2, “Moskvich-412”, Tracker 2, Monza  rusumli avtomashinalar ishtirokida sodir bo‘lgan.

Hodisa oqibatida qurbonlar va jarohat olganlar yo‘q.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.