Toshkentning Yangihayot tumanida xizmat vazifasini bajarayotgan profilaktika inspektoriga pichoq sanchildi.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar berishicha, 14-aprel kuni Yangihayot tumani IIB XPB profilaktika inspektorlari bir xonadonda janjal bo‘layotganligi haqidagi xabarga aniqlik kiritish maqsadida yetib kelishgan.
Shu payt, xonadon egasi mast holda xizmat vazifasini bajarayotgan ichki ishlar xodimlariga qarshilik ko‘rsatib, profilaktika inspektorlaridan birining ko‘krak qafasiga oshxona pichog‘i bilan bir marotaba urib, tan jarohati yetkazgan.
Tan jarohati olgan inspektor shifoxonaga olib borilgan va unga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 105 (Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) va 219 (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan
Eslatib o’tamiz, avvalroq Toshkent viloyati “Qurasaroy” MFYda yashovchi fuqaro mast holda uyida janjal qilganligi sababli voqea joyiga tezkor chaqiruv bilan kelgan IIB bosh profilaktika inspektori, podpolkovnik Murat Xoliqov ham pichoqlangan edi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!