Hodisa

Toshkentda SKUTER ishtirokida YTH sodir bo’ldi

Toshkentda SKUTER ishtirokida YTH sodir bo’ldi

Bugun, 17- aprel kuni Uchtepa  tumanida YTH sodir bo’ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bugun ertalab soat 04:00 larda Uchtepa tumani Katta Xirmontepa-Shirin ko’chalari kesishmasida NJA rusumli avtomashina hamda SKUTER to’qnashuvi oqibatida yo’l transport hodisasi sodir bo’lgan.

YTH natijasida SKUTER haydovchisi tan jarohat olib shifoxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

«Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga amal qilishlarini hamda oraliq masofani saqlab harakatlanishlarini so‘raymiz», deyiladi xabarda.