Mamlakatda 65 yoshdan oshgan keksalar soni 36,4 million kishiga yetdi. Bu umumiy aholi sonining 29,1 foizini tashkil etadi.
2023-yil oktabr oyiga kelib, Yaponiya aholisi 124,35 million kishini tashkil etdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 595 ming kishiga kamaydi. Buni mamlakat Maʼmuriy ishlar va kommunikatsiyalar vazirligi maʼlumotlari tasdiqlaydi.
Boshqarma maʼlumotlariga koʻra, bu koʻrsatkich ketma-ket oʻn uchinchi yil pasaygan.
2022-yilning oktyabridan 2023-yilning oktyabrigacha Yaponiya fuqarolari soni 837 ming kishiga kamaydi, bu 1950-yildan beri eng katta pasayishdir.
75 yoshdan oshgan Yaponiya fuqarolari soni 20,08 millionga ko’tarildi, 14 yoshgacha bo’lgan fuqarolar soni esa taxminan 14,1 millionga qisqardi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!