Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan GTF xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “T.S.” MCHJ rahbari D.T. va boshqalar Yuqorichirchiq tumanida joylashgan issiqxonani tabiiy gaz tarmog‘idan qarzdorligi sababli qo‘yilgan maxsus tamg‘aga tashqi taʼsir ko‘rsatib, jami 453,8 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Andijon shahar bo‘limi tomonidan “O‘zenergoinspeksiya” va ETK xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda “A.J.” MCHJ masʼul shaxslari va boshqalar “O‘zbekiston” ko‘chasida joylashgan savdo majmuasini hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘g‘irlik yo‘li bilan ulab, jami 228,6 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!