Jahon

Ukraina endi suveren davlat emas – Vengriya Bosh vaziri

Ukraina endi suveren davlat emas – Vengriya Bosh vaziri

Ukrainani endi suveren davlat deb hisoblash mumkin emas. Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Milliy konservatizm konferensiyasida so’zlagan nutqida shu haqda to’xtalgan.

“Ukraina endi suveren davlat emas, endi u G‘arbning protektorati bo‘lib qoldi, Yevropa Ittifoqi va AQShning puli va quroli bo‘lmasa, Ukraina davlat sifatida zo‘rg‘a omon qolardi”, dedi u.

Orban, shuningdek, NATO va Rossiya o’rtasida, masalan, Ukraina ko’rinishida «bufer» bo’lishi kerakligini qo’shimcha qildi. Bosh vazir eslatganidek, Rossiya Federatsiyasining o‘zi ham Shimoliy Atlantika alyansining o‘z chegaralariga yaqinlashishiga yo‘l qo‘ymasligini bir necha bor aytgan.

Avvalroq u Vengriyaning Ukrainadagi harbiy mojaroga tortilishiga yo‘l qo‘ymasligini ham ko‘rsatgan va Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritilishiga qarshi chiqqan edi.