O‘zbekiston

Bir nechta viloyatlarning soliq boshqarmalari rahbarlari o‘zgardi

Bir nechta viloyatlarning soliq boshqarmalari rahbarlari o‘zgardi

Shuxratali Imomov Namangan viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bunga qadar u Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Sirojiddin Eshmatov Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Tayinlovga qadar u Samarqand viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Elyor Tolliyev Samarqand viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bungacha u Urgut tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.