Jamiyat

II jahon urushi qatnashchilariga 20 mln so‘mdan pul beriladi

II jahon urushi qatnashchilariga 20 mln so‘mdan pul beriladi

Bu haqda Prezident 2024-yil 16-aprel kuni «Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida»gi PF-65-sonli farmonni imzoladi.

Unga ko’ra, 9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 20 mln. so‘mdan bir martalik pul mukofoti beriladi.

Bunda barcha xarajatlar respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili urush qatnashchilariga 18 mln. so‘mdan bir martalik pul mukofoti berilgan edi.